Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Ronaldu transferidan qancha daromad olishi hisoblab chiqildi
KPMG kompaniyasi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» klubiga o‘tishini moliyaviy tomondan baholadi.
Unga ko‘ra, «Yuventus» 4 yil ichida 340 million yevro (yiliga 85 million yevro) ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalikning transferi uchun «Keksa sinora» 112 million yevro to‘lagan edi. Ronalduning maoshi esa yiliga 30 million yevro bo‘lishi aytildi.
Bu transferdan tushadigan daromad dastlabki yili katta bo‘lmaydi. U ko‘p jihatdan jamoaning Chempionlar Ligasidagi natijalaridan kelib chiqadi. Shuningdek, Krishtianu Ronaldu transferi «Yuventus» brendiga ham ijobiy ta'sir qiladi. Ronalduning mashhurligi klubga Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerikada, AQShda rivojlanishga yordam beradi.
Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, Ronalduning transferida salbiy holatlar ham bor va klub ma'lum miqdorda ba'zi yo‘qotishlarga uchraydi.
Qayd qilish joizki, KPMG — dunyoning eng yirik to‘rtta auditorlik kompaniyasidan biri hisoblanadi (Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan birga).
Futbolga oid shu va boshqa eng so‘nggi yangiliklarni hamkorimiz Tribuna.uz saytida kuzatib boring.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024