O‘zbekiston | 22:53 / 25.07.2018
23824
2 daqiqa o‘qiladi

Navbahor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Joriy yilning 22 iyul kuni Navoiy viloyati Xalq deputatlari Navbahor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bitta - tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Navbahor tumaniga bugungi kunga qadar Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Lochin Nurqulovich Oblaqulov yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati Kun.Uz’ga ma'lum qildi. 

Lochin Oblaqulov 1980 yil Navbahor tumanida dunyoga kelgan. U 2017 yilning iyul oyidan buyon Navbahor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Baxtiyor Bobonazarov o‘rnini egalladi. 

Ma'lum qilinishicha, Baxtiyor Bobonazarov sog‘ligi yomonlashgani sababli 21 iyulda o‘z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyulda mazkur tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O. Xairov baliqchilik bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan tadbirkordan 6 ming AQSh dollari olayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingani haqida xabar qilingan edi. Oradan bir hafta o‘tgach, bir vaqtlar Xairov bilan tuman soliq inspeksiyasida birga ishlagan tuman hokimi B.Bobonazarov hokimlikni topshirdi.

Mavzuga oid