O‘zbekiston | 07:19 / 26.07.2018
14672
1 daqiqa o‘qiladi

Sharqshunoslik institutida bakalavrlar tayyorlashda sirtqi ta'lim shakli ochildi

Foto: KUN.UZ

2018/2019 o‘quv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriat bosqichida tahsil olishni istagan nomzodlar uchun yangi ta'lim shaklini taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, shu yilning o‘zida jami 100 nafar talaba sirtqi ta'lim shaklida o‘qishi mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, barcha qabul qilingan abituriyentlarning 75 nafari darslar o‘zbek tilida tashkil etiladigan guruhlarda, qolgan 25 nafari esa rus guruhlarda o‘qishi mumkin. 

Ta'kidlanishicha, tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), jahon siyosati, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Janubi-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari ta'lim yo‘nalishlarining barchasiga 25 nafardan talaba o‘qishning sirtqi ta'lim shaklida qabul qilinadi. 

Ma'lumot uchun, sirtqi ta'lim shaklida o‘qishni istagan nomzodlarning barchasi to‘lov-kontraktini amalga oshiradi.

Mavzuga oid