Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya yiliga 100 million sayyohni qabul qila oladi
Turkiya yiliga 100 million sayyohni qabul qila oladi. "Anadolu" agentligi Turkiya sayyohlik agentliklari ittifoqi (TÜRSAB) raisi Feruz Bag‘likaya bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
TÜRSAB raisi dengiz sayohati, madaniy, tibbiy va kongress-turizm turlarini rivojlantirib, shunday ko‘rsatkichga erishish mumkin deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati mamlakatdagi turistik sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqda.
Ta'kidlash joizki, 2016 yilda Turkiyaga 22 million sayyoh tashrif buyurgan. 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 40 millionni tashkil qilishi kutilmoqda, dedi Feruz Bag‘likaya.
"Turkiya qiyin kunlarni boshdan kechirdi, qator sinovlardan o‘tdi, biroq turistlar dam olish uchun bizning mamlakatni tanlashda davom etishmoqda", - dedi u.
Manbaga ko‘ra, ikki yilda Turkiyaning turistik salohiyati 50 foizga o‘sgan. Turkiya byudjyet tanqisligining qisqarishida turistik sektor muhim rol o‘ynaydi, dedi ittifoq raisi. 2023 yilgacha Turkiya yiliga 60 milliongacha sayyoh ko‘rsatkichiga osonlik bilan erishishi mumkin, dedi Bag‘likaya.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025