O‘zbekiston | 02:06 / 27.07.2018
23965
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda OIVni aniqlash ko‘rsatkichi oshdi

2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda odam immunotanqis virusi (OIV) infeksiyasi bilan kasallanganlar har 100 ming kishining 108 nafariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori, professor Nurmat Otabekov ma'lumot bergan

Ma'lum qilinishicha, aholi orasida OIV/OITS tahlilidan o‘tgan kishilar soni ham yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, 2008 yili faqat 800 ming kishi tekshiruvdan o‘tgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3,2 million kishiga yetdi. 

Davlat dasturi bilan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, 2022 yilga qadar OIV/OITS bilan kasallangan bemorlarning davolanishi uchun mablag‘lar ajratilgan. Rejaga asosan, 2018 yilda bu raqam 2,38 million dollar, 2019 yilda 2,66 million dollar, 2020 yilda 3,34 million dollar, 2021 yilda esa 6,14 million dollarni tashkil etadi. Dasturning so‘nggi yilida 8,54 million dollar miqdoridagi mablag‘lar bemorlarning davolanishi uchun ajratiladi.

Mavzuga oid