Jahon | 08:06 / 27.07.2018
2730
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya yarimorolida harbiylar uchrashuvi o‘tkaziladi

Foto: AFP

Koreya yarimorolida shimol va janub harbiylarining uchrashuvi kutilmoqda, deb xabar tarqatmoqda Yonhap axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, generallar darajasida tashkil etilishi kutilayotgan uchrashuv Janubiy Koreya va KXDR chegarasi yaqinida joylashgan Panmunchon qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi. 

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ayni xabarni tasdiqlab, kun tartibiga kiritilgan masalalarga to‘xtalib o‘tishni lozim topmagan. 

Ta'kidlanishicha, koreys harbiylari uchrashuvi shu yilning 31 iyul kuni bo‘lishi kutilmoqda. So‘nggi marta ular iyun oyida gaplashgandi. 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid