Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada «Yoshlar - kelajagimiz» davlat dasturi doirasida nimalar qilinyapti?
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyati Zangiota tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman hokimligida 22 nafardan iborat shtab a'zolari, uyma-uy yurish 10ta ishchi guruhi tashkil etilgan. Mazkur ishchi guruhida 200 dan ortiq a'zolar mavjud.
Shu bilan birga, dastur doirasida tumandagi 14-30 yoshdagi barcha fuqarolar o‘rganib chiqildi. Ularda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq-chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 80 nafar yoshlarga dastur doirasida imtiyozli 7 foizlik kreditlar ajratilish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Doimiy ish bilan band bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta'minlash choralari ko‘rilyapti.
Hokimlikdan bildirishlaricha, tumanda 2018 yil yakuniga qadar 1ta kovorking markazi, 4ta yoshlar mehnat guzarlari ishga tushirilishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
11:38 / 25.11.2024