Jahon chempionatida 8-o‘rinni egallagan Rossiya terma jamoasi futbolchilari taqdirlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin terma jamoa futbolchilari va murabbiylari shtabini taqdirladi.
Bosh murabbiy Stanislav Cherchesov eng oliy Aleksandr Nevskiy ordeni bilan, ikki nafar futbolchi — darvozabon Igor Akinfeyev va himoyachi Sergey Ignashevich — Hurmat ordeni bilan taqdirlanishdi.
Terma jamoaning qolgan a'zolari faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar.
Kremlning Yekaterina zalida o‘tkazilgan tadbir so‘ngida futbolchilar Putinga to‘p va 11-raqamli futbolkani sovg‘a qilishdi.
Avvalroq, shanba kuni Sport vazirligida Rossiya terma jamoasining barcha a'zolari xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, murabbiylar esa xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga ega bo‘lishgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi jahon chempionatida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
09:52 / 14.09.2024
YeI Putinning so‘zlaridan keyin Ukraina uchun qurol bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi
18:00 / 13.09.2024
Britaniya bosh vaziri Putinga: «Urushni Rossiya boshlagan va darhol tugatishi mumkin»
22:25 / 12.09.2024
Rossiyaga yuqori aniqlikdagi G‘arb qurollari bilan zarba berish NATO urushda bevosita ishtirok etishini anglatadi – Putin
10:05 / 12.09.2024