Farg‘ona viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
Bugun, 31 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali majlislar zalida viloyat imom-xatiblarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur qatnashdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Abdullayev Ubaydullo o‘z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Toshloq tumani “Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Qodirov Salimjon O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi etib tayinlandi.
Mavzuga oid
10:41
Farg‘onada betob qizning nomidan sahifa ochib pul yig‘ib, o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
13:35 / 21.09.2024
Farg‘onada dori vositalarini qalbakilashtirayotgan yashirin sexlar aniqlandi
18:16 / 11.09.2024
Toshkentdagi masjidlarda faoliyat olib borgan 18 nafar imom va noiblar ishdan olindi
07:06 / 05.09.2024