Jamiyat | 19:36 / 01.08.2018
47961
2 daqiqa o‘qiladi

SamDU o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati IIBga fuqaro A.G. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Samarqand davlat universitetida ishlovchi “O‘tkur O‘tanov” ismli shaxs G.N. va qarindoshi X.R.ni test imtihonlaridan o‘tkazib berishni hal qilish evaziga har biridan 6000 AQSh dollaridan, jami 12.000 AQSh dollari pullarini berishni talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishini so‘ragan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur arizaga asosan, 2018 yil 31 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida Samarqand davlat universiteti kasbiy ta'lim fakulteti o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi, 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on tuman Moybuloq  qishlog‘ida  yashovchi O‘tkur O‘tanov tanishi vositachiligida Samarqand shahar, Rudakiy ko‘chasi 116-uy oldida O‘.O‘tanov ariza muallifi S.Ismatovadan 12.000 AQSh dollarini  miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid