Rossiya TIV o‘ldirilgan jurnalistlar bo‘yicha bayonot berdi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, Markaziy Afrika Respublikasida noma'lum shaxslar rossiyalik jurnalistlarga talonchilik sodir etish maqsadida hujum qilgan. Zaxarovaning so‘zlari vazirlikning tvitterdagi sahifasida keltirilgan.
«Markaziy Afrika Respublikasi huquq-tartibot idoralarining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar talonchilik sodir etish maqsadida hujumga uchragan», - deya ma'lum qildi Zaxarova.
Uning ta'kidlashicha, jurnalistlar qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishganida o‘ldirilgan.
Shuningdek, Zaxarovaning ma'lum qilishicha, o‘ldirilgan Kirill Radchenko, Aleksandr Rastorguyev va O‘rxon Jamol rossiyalik harbiylar mashg‘ulotlar olib borgan harbiy bazaga kirish uchun akkreditatsiya olishga ariza topshirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi» Xalqaro tashkiloti (CPJ) Markaziy Afrika Respublikasi, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotini uch nafar rossiyalik jurnalistning MARda o‘ldirilishini har tomonlama tekshirishga chaqirgandi. Qo‘mitadan qo‘shimcha qilishlaricha, MAR, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari jiddiy tekshiruv o‘tkazishi va «jurnalistlarning o‘ldirilishi jazosiz qolmasligi»ni isbotlashi kerak.
Mavzuga oid
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
16:39 / 26.11.2024
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
14:07 / 26.11.2024
2025 yilda O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilyapti
13:20 / 26.11.2024