Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyaning sobiq prezidenti Russeff senatorlik uchun kurashadi
Braziliyaning sobiq prezidenti Dilma Russeff federal senat – milliy kongress yuqori palatasiga saylovlarda qatnashishini tasdiqladi.
"Men Minas-Jyerays shtatidan senatorlikka nomzodimni qo‘yaman. Men Mehnat partiyasi va bizni qo‘llab-quvvatlashni istayotgan boshqa partiyalar bilan birgalikda saylovda kurash olib boraman", - dedi sobiq davlat rahbari.
Avvalroq uning partiyadoshi va yana bir sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silva Mehnat partiyasi tomonidan davlat rahbarligiga nomzod etib ko‘rsatilgandi.
Dilma Russeff 2016 yil 31 avgustda impichment tufayli iste'foga chiqarilgandi. Bir necha soatdan so‘ng avvalgi ma'muriyatda vitse-prezident sifatida faoliyat ko‘rsatgan Mishel Temer rasman prezidentlikka kirishgandi.
Braziliyada 7 oktabrda prezident, parlament va gubernatorlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025