Jahon | 17:00 / 05.08.2018
10053
1 daqiqa o‘qiladi

Alp tog‘larida samolyot quladi. Uning bortidagi 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Shveytsariya Alpida Ju-52 rusumli samolyot halokatga uchradi.

Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan  17 yo‘lovchi va ekipajning 3 a'zosi, jami 20 kishi halok bo‘lgan.

Ma'lum bo‘lishicha, samolyot tog‘ning 2,5 kilometr balandligida qulab tushgan.

Ushbu bombardimonchi samolyot aviaklublardan biriga tegishli bo‘lgan, avval Shveytsariya Harbiy-havo kuchlariga tegishli bo‘lgan ushbu samolyot o‘tgan asrning 80-yillarida turizm maqsadida qayta jihozlangandi.

Foto: BBC

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid