Jahon | 20:44 / 06.08.2018
11209
1 daqiqa o‘qiladi

Anchadan beri ko‘rinmay qolgan Poroshenkoni restoranda uchratishdi 

Ukrainalik siyosiy texnolog Yaroslav Makitra Facebook-akkauntida prezident Petr Poroshenkoning norasmiy vaziyatdagi fotosuratini namoyish etdi.

«Do‘stlar bilan ovqatlanib o‘tiribmiz va qo‘shni stolga kutilmagan mehmonlar kelishdi. Petr Poroshenko oilasi bilan. Balki unchalik to‘g‘ri emasdir, lekin baribir suratga tushirdim. Harqalay jamoat joyi: Kiyevdagi Manu restorani», — deb yozdi u.

Foto: Facebook 

Avvalroq OAV Poroshenko 30 iyuldan buyon ish joyida ko‘rinmayotganini yozgandi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, u ta'tilni Ispaniyadagi villasida o‘tkazgan, boshqa taxminga ko‘ra esa u do‘sti va hamkori, milliarder Yuriy Kosyuk bilan O‘rtayer dengizi bo‘ylab yaxtada sayr qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid