Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrug‘iga asosan Uyg‘un Uchqunovich Nig‘madjonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
U.Nig‘madjonov 1981 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Yunusobod tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2007 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, boshqarma prokurori, katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2012 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrug‘iga asosan Olimjon Burxonovich Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O.Nabiyev 1987 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2011 yilda Zangiota tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2015 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, boshqarma tergovchisi, katta tergovchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi katta prokurori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
08:47 / 14.02.2024
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi
08:04 / 29.11.2023