O‘zbekiston | 17:55 / 07.08.2018
25354
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirish bekor qilinishi kutilyapti

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi. 

Qaror loyihasida 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker)ni rasmiylashtirish bekor qilinishi aytiladi. Uning o‘rniga xorijga chiqish uchun biometrik pasport joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti - o‘z egasining shaxsini O‘zbekiston hududida tasdiqlovchi hujjat. Shuningdek, u o‘zida elektron axborot tashuvchi (chip)ga ega bo‘lib, O‘zbekiston fuqaroligini ham tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga erkin chiqish huquqiga ega, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan o‘rnatilgan cheklovlar bundan mustasno.

Mavzuga oid