Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat raqobat qo‘mitasi sobiq raisi yangi lavozimga tayinlandi
Davlat raqobat qo‘mitasi sobiq raisi Ravshan G‘ulomov yangi lavozimga tayinlandi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, R.G‘ulomov Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri etib tayinlangan.
Hukumat 7 avgust kuni bu haqdagi tegishli qarorni chiqardi.
Turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lib ishlagan Ravshan G‘ulomov 2017 yil aprelidan buyon Davlat raqobat qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
14:25 / 15.04.2025
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqqa ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024