Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qadimgi sivilizatsiyaga tegishli sirli qabr topildi
Arxeologlar Meksikadagi qazilma ishlari davomida yetti ming yil avval yashagan, qadimiy mayyalar va ularning ajdodlariga tegishli bo‘lgan suyaklarni, jumladan g‘alati uzun bosh suyagini topdilar. Bu o‘sha paytlarda endi paydo bo‘lgan Amerika tub sivilizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan eng qadimiy topilmadir, deb xabar bermoqda Sky News nashri.
Tadqiqotchilar Meksika janubidagi Tabasko shtatida joylashgan g‘ordan uchta skelet topishdi. Ikkita skeletning yoshi to‘rt ming yilga teng bo‘lsa, uchinchisi yetti ming yil bilan baholanmoqda. O‘shanda ovchi-yig‘uvchilar ko‘chmanchi turmush tarziga o‘ta boshlagan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, g‘or ko‘plab avlodlar tomonidan uy-joy emas, balki muqaddas marosimlar va dafn etish joyi sifatida foydalanib kelingan.
Taxminlarga ko‘ra, qadimgi xalqlardagi cho‘zinchoq bosh miya go‘zallik va yuksak maqomning belgi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mayya sivilizatsiyasining halokati sababi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025