Iqtisodiyot | 00:48 / 09.08.2018
14050
2 daqiqa o‘qiladi

Rubl kursi 2016 yilgi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Kudenko

Chorshanba kuni kechqurun dollar va yevro kursi o‘sdi, AQSh valyutasi rublga nisbatan 2016 yil noyabrda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichni yangiladi. Bunga AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarning joriy etilishi ehtimoli va neft narxining bir barreli 72 dollardan pasayib ketgani sabab bo‘ldi.

Moskva birjasida dollar kursi 1,56 rublga o‘sib, 65,05 rublga yetdi va yevro 1,77 rublga oshib, 75,42 rublga yetdi. Sal avvalroq dollar 65,0925 rublgacha yetgandi.

Neft narxi 3,7%ga arzonlashib, bir barreli 71,88 dollarni tashkil etdi.

O‘tgan haftada respublikachi va demokratlar guruhi AQSh kongressiga "Amerika xavfsizligini Kreml agressiyadan himoya qilish" deb nomlanuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi.

Hujjatda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish ko‘zda tutilgan. 

Senatorlar "Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashishga urinishi" hamda Suriya va Ukrainadagi harakatlari yangi sanksiyalar uchun asos bo‘lishini bildirishmoqda.

Mavzuga oid