Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Rossiya bilan o‘zaro hisob-kitoblar uchun rublni tanlamoqchi
Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Nozirjon Hikmatullozodaning ma'lum qilishicha, Tojikiston Rossiya bilan rublda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish foydali deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi respublikaga importni yetkazib berish ekani hisobga olinib, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha tebranishlardan xatarlardan qochish maqsadida bu amaliyotlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni Rossiya rublida amalga oshirish foydali, degan xulosaga keldik», - deya aytib o‘tdi Hikmatullozoda.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Rossiya Tojikistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkoridir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonga Rog‘un GES uchun yana 4 mlrd dollar kerak bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025