O‘zbekiston | 09:55 / 10.08.2018
8448
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni aytildi

Foto: iStock

2018 yil 1 avgust holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 6468tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1195taga yoki 22,6%ga o‘sgan. Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 3528tasi qo‘shma korxonalar, 2940tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar 4140 ta (64,0%), Toshkent viloyati 719 ta (11,1%) va Samarqand viloyatlari 350 ta (5,4%) hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 54 ta (0,8%), Qashqadaryo viloyati 67 ta (1,0%), Navoiy viloyati 79 ta (1,2%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 97 ta (1,5%) hissalariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab etadi.

Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ushbu ma'lumotlarni 2018 yil 1 avgust holatiga ko‘rsak eng ko‘p sanoatda 2678 ta (41,4%), savdoda 1353 ta (20,9%) hamda boshqa faoliyat turlarida esa 1104 ta (17,1%) tashkil qilgan, eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 89 ta (1,4%), axborot va aloqada 164 ta (2,5%), tashish va saqlashda 190 ta (3,0%) qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 247 ta (3,8%), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 272 ta (4,2%) va qurilishda 371 ta (5,7%) tashkil qilgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat yuritadigan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turiga to‘gri kelarkan. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.

2018 yilning yanvar-iyul oyida xorijiy kapital ishtirokidagi ro‘yxatdan o‘tgan yangi korxonalarning soni 1151 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 736 taga ko‘paygan yoki 2,8 baravarga oshgan.

Bunda, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida – 144 ta, Turkiya Respublikasi – 147 ta, Xitoy Xalq Respublikasi-137 ta, Qozog‘iston Respublikasi – 91 ta, va Koreya Respublikasi – 78 ta yangi korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, 2018 yil davomida Afg‘oniston Islom Respublikasi,Hindiston Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ukraina, Ozarboyjon Respublikasi va boshqa davlatlar rezidentlari qo‘shma faoliyatga qiziqish bildirdilar.

Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, asosan sanoatda 364 ta, savdoda 307 ta, qurilishda 108 ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 95 ta va boshqa faoliyat turlarida 277 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etilgan.

Mavzuga oid