Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobod Turkmanistonning million aholiga ega ilk shahriga aylandi
Turkmaniston poytaxti aholisi million kishidan oshdi. Bu haqda videoaloqalar bo‘yicha hukumat yig‘ilishida Ashxobod shahri hokimi Shomuhammet Durdiliyev aytib o‘tgan, deb xabar beradi Anado‘lu agentligi.
Shu munosabat bilan hokim Ashxobod shahrining hududiy chegaralarini kengaytirish taklifini ilgari surgan.
Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov poytaxtning ma'muriy-hududiy chegaralarini kengaytirish bo‘yicha taklifni Majlisga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirgan.
Keyinroq «Neytralnyy Turkmenistan» gazetasida mamlakat parlamenti — Majlisning Ashxobod shahrining ma'muriy hududlari bo‘lmish etraplar (tumanlar)i bilan bog‘liq masalaga oid qarori e'lon qilingan.
Ayni paytida shaharda oltita etrap (tuman) bor. Ularning so‘nggi ikkitasi — Obodon va Ruhobod etraplari shahar tarkibiga 2013 yilda qo‘shilgan. Shaharning yangi ma'muriy birliklari Axal viloyati hududi hisobiga shakllantirilgan edi.
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi 6,2 million kishini tashkil etadi.
Ashxobod — Markaziy Osiyoning aholisi milliondan oshgan beshinchi shahri bo‘ldi. Ungacha Markaziy Osiyoning aholisi million kishidan oshgan eng yirik shaharlari — Toshkent (2,465 mln.), Olma-ota (1,806 mln), Ostona (1,036 mln), Chimkent (1,005 mln.) hisoblab kelinmoqda edi. Yaqin kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishi mumkin. Bu shahar aholisi 995 ming kishini tashkil etmoqda. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri aholisi 820 ming kishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025