Jahon | 17:26 / 12.08.2018
26068
2 daqiqa o‘qiladi

Besh mamlakat prezidenti Aktau konvensiyasini imzoladi

Foto: 24.kz

Prezidentlar Aktau konvensiyasini imzolashdi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz. 12 avgust kuni Qozog‘istonning Aktau shahrida Kaspiy bo‘yicha beshinchi xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi. Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyani imzolash uchun Ozarboyjon, Eron, Turkmaniston va Rossiya prezidentlari Qozog‘istonga tashrif buyurishdi. Nursulton Nazarboyev Aktauga 10 avgust kuni borgan. 

Sammit davomida Kaspiy bo‘yi davlatlari yetakchilari tadbirning muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi. 

Shuningdek, sammit doirasida Kaspiy bo‘yi davlatlari vazirlari Kaspiy dengizidagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlarni  imzolashdi. 

"Barchamizni juda muhim hujjatning imzolanishi bilan tabriklayman", - dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev. "Konventsiya - Kaspiy dengizining o‘ziga xos konstitutsiyasi. Konventsiyani imzolab, hamkorlik uchun baza yaratamiz. Unda asosiy e'tibor Kaspiy dengizida xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan. Biz yana bir bor Kaspiy bo‘yi davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat mustahkam asosga, balki katta salohiyatga ham ega ekanini isbotladik", - deya xulosa qildi Nazarboyev. 

Mavzuga oid