Jahon | 16:32 / 13.08.2018
12289
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Basalt: innovatsiyalar, xavfsizlik, qulaylik

Toshkentda qurilish sohasi xodimlari kuniga bag‘ishlangan «Bazalt armatura. Innovatsion materiallar. Qurilishda tejamkorlik» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferentsiyada O‘zbekiston qurilish vazirligi, innovatsion rivojlanish vazirligi, «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi, «O‘zqurilishmateriallari» AJ, geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi, shahar va tuman hokimiyatlari, loyiha boshqarmalari, yetakchi qurilish kompaniyalarining vakillari qatnashdilar.

Foto: Basalt

Tadbir 2017 yilning dekabr oyida Jizzaxda bazalt tola va armatura ishlab chiqaradigan Basalt zavodini ishga tushirgan Mega Invest Industrial qo‘shma korxonasi tomonidan tashkil etildi.

Bu O‘zbekistonda bazalt armatura ishlab chiqaradigan birinchi zavod. 200 nafar xodim ishlaydigan zavodning umumiy maydoni 10 000 kvadrat metrdan iborat. Ushbu zavod yiliga 3 000 tonna bazalt tolasi ishlab chiqarish quvvati ega. 2018 yilning fevral oyidan beri zavod 720 tonna armatura ishlab chiqardi.

Bazalt tolasining 80%  armatura ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi, qolgan 20% qurilish uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar barpo etishga sarflanadi. Basalt zavodiga qilingan investitsiyalar hajmi 54 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Bazalt zavodini ishga tushirishdan ilgari bozordagi vaziyat chuqur tahlil qilindi, innovatsion armaturaga xomashyo bo‘lgan bazalt konlari o‘rganildi.

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan uchta bazalt konlaridan ikkitasi, aynan zavod qurilgan Jizzax viloyati hududida joylashgan. «Shaksiz innovatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan sifatli bazalt armatura chiqarishga aynan shu javhari o‘ziga xos xususiyatlari bilan to‘g‘ri keladi», - dedi Mega Invest Industrial tijorat masalalari bo‘yicha direktori Ramir Axmediyev.

Konferentsiyada so‘zga chiqqan Axmediyev yangi mahsulot qurilish bozorida doimo shubhali tuyulishi, shu sabab, Basalt zavod ishga tushirilgan kundan boshlab mutaxassislar va bo‘lg‘usi mijozlar orasida bazalt armatura sifatlari va innovatsion xususiyatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Konferentsiyada «O‘zqurilishmateriallari» AJ eksperti Bahodir  Kenjayev, Qurilish vazirligi eksperti va Toshkent Arxitektura va qurilish instituti katta o‘qituvchisi
Jaloliddin Tohirov, «Qishloq Qurilish Invest» MChJ ta'minot bo‘limi mutaxassisi Botir Ro‘ziboyev, MChJ «Mega Invest Industrial» QK tijorat direktori Ramir Axmediyev so‘zga chiqishdi.

Konferentsiya jarayonida muqobil materiallar va ulardan foydalanish, qishloq hududida namunaviy uylar qurilishida kompozit armaturani qo‘llash, Basalt zavodini rivojlanish istiqbollari va ushbu korxonaning innovatsion mahsulotini tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan sohalar muhokama qilindi.

Bazalt armaturasi zamonaviy qurilishda faol qo‘llaniladi va noyob xususiyatlarga ega – po‘lat armaturasiga nisbatan 4 barobar yengil va 3 marotaba mustahkam. Bazalt armaturasi namni o‘ziga tortmaydi, zanglamaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi va issiqlik o‘tkazish qobiliyati nihoyat past.

Foto: Basalt

«Bazalt – shu turdagi materiallar orasida eng ekologik xavfsiz, u montaj qilishda yetarli darajada oson va narxi arzon. Bazalt tolasi bazalt, bazanit, gabrodiabaz kabi tabiiy minerallarni va ularning aralashmalarini eritish yo‘li bilan olinadigan to‘la ma'nodagi tabiiy material», - deb ta'kidlab o‘tdi o‘z ma'ruzasida «O‘zqurilishmateriallari» AJ eksperti Bahodir Kenjayev.

Bazalt armaturaning afzalliklari:

  • Kompozit armaturali qurilma zanglamaydi, beton qorishmalarining ishqorli muhitlariga bardoshli. Tolalar tuzli va kislota qorishmalariga barqaror. Texnik xususiyatlari uzoq muddat ichida saqlanadi.
  • Bazalt-kompozit material magnitga nisbatan inert, magnit unga ta'sir etmaydi, xususiyatlarini o‘zgartirmaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi.
  • Bazalt-kompozitdan ishlangan buyum butun ishlatish muddatida o‘zining boshlang‘ich o‘lchamlarini saqlab qoladi, past haroratlar ta'sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. 
  • Po‘lat armaturadan farqli o‘laroq issiqlik o‘tkazish qobiliyati past. Agar devorda bazalt materiali ishlatilgan bo‘lsa, bu faqat qurilmaning mustahkamligini oshiradi. Issiqlik binoni tark etmaydi, ihota qiluvchi konstruksiyalar orqali o‘tib ketmaydi.
  • Bizning armaturani montaj jarayonida sizga professional payvandlovchi va katta miqdorda elektr quvvatini sarf etadigan payvandlash apparati kerak bo‘lmaydi.
  • Bazalt tolasidan ishlangan armaturaning mustahkamligi va egiluvchanligi tufayli uni o‘rama qilib kichkina avtomobillarda tashish mumkin va bu sizga katta yuk mashinalarining ijarasida tejamkorlik qilishga imkon beradi.

O‘zbekiston qurilish sohasida 24 100 korxona ishlab turibdi, ularning 3 800 joriy yilda tashkil topgan.

2018 yilning birinchi yarmida qurilish sohasi barcha tahlil qilingan iqtisodiy faoliyat yurituvchilar orasida O‘zbekistonning YaIM o‘sish sur'atini eng yuqori ko‘rsatkichini - 9,7% namoyon qildi. Asosiy vositalarga qilingan investitsiyalar o‘sish sur'atlari 129,4% tashkil etdi. Ushbu investitsiyalar tarkibida 60,9% qurilish-montaj ishlari tashkil etadi.

Asosiy vositalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarning salmoqli qismi – 10 trillion 656,6 million so‘m, yangi qurilishga yo‘naltirilgan, bu investitsiyalar umumiy sonining 63,3% tashkil etadi.

Hamkorlik o‘rnatish va bazalt armaturani xarid qilish va uchun OOO “Mega Invest Industrial” savdo ofislariga murojaat qiling!

Savdo ofisi: Chilonzor tumani, Bunyodkor Shoh ko‘chasi, 27

Telefonlar:  +99899 8635770, +99899 8625770

E-mail: sales@basalt.uz

Sayt: www.basalt.uz  

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid