Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi. Halok bo‘lganlar bor
2018 yilning 13 avgust kuni soat 01:15da Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar departamenti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, 12 avgust kuni taxminan soat 17:30da Turkiston viloyati, Kazigurt tumanidan o‘tuvchi «Olmata-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 786-km.da «Daymler Kraysler» rusumli mikroavtobus va «GAZ-53» rusumli yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
FVV axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 10 nafari turli darajada tan jarohati olib, Sariagash tumani kasalxonasiga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqaro:
1 Mirmusayev S. 1956 y.t.
Tan jarohati olgan fuqarolar:
1. Urmanova S. 1960 y.t.
2. Zaripova S. 1965 y.t.
3. Yuldashev J. 1977 y.t.
4. 4 Yuldasheva D. 1982 y.t.
5. Kuralbayev S. 1984 y.t.
6. Nosirova N. 1986 y.t.
7. Jiyenbayeva M. 1986 y.t.
8. Fayzullayev I. 2003 y.t.
9. Farxatov M. 2007 y.t.
10. Farxatov A. 2013 y.t.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147-10-50.
O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025