Light | 18:32 / 13.08.2018
13825
8 daqiqa o‘qiladi

Saytingizga nima uchun hech kim kirmaydi, buni qanday to‘g‘rilash mumkin?

Balki odamlar qidiruv tizimlari orqali saytingizga kirishmayotgandir. Buni to‘g‘rilash mumkin.

Hozir ko‘pchilikda internet YouTube va ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq degan taassurot uyg‘otmoqda. Odatiy saytlarga kamroq e'tibor qaratilyapti.

Biroq ular hali ham ommaga ma'lumot yetkazish va muloqot qilishning muhim instrumenti sanaladi. Kimgadir sayt biznesni rivojlantirish uchun kerak. Bu shahar chekkasidagi kompaniyaning “5 sahifadan iborat tashrif qog‘ozi” bo‘lishi ham, millionlik auditoriyaga ega yirik internet-do‘kon yoki media bo‘lishi ham mumkin. Kimdir blog yuritib, vaqti-vaqti bilan odamlar bilan fikrlarini o‘rtoqlashadi. Saytni yaratish sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin.

Har qanday loyiha uchun ham umumiy jihat mavjud: hamma tashrifchilar soni ko‘p bo‘lishini istaydi.

Qancha odam saytga kirayotganini qanday bilish mumkin?

Qidiruv tizimlari maxsus servislar yaratishgan  - Google Analytics va “Yandeks. Metrika”. Ular yordamida saytdagi foydalanuvchilar harakatini kuzatish, qanday so‘rov asosida kirgani, qayerdan qayerga o‘tgani, qaysi sahifalarni kuzatganini bilish mumkin.

Trafik manbasi bo‘yicha hisobot quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Saytdagi eng ko‘p ko‘rilgan sahifalar bo‘yicha:

Saytingiz bo‘yicha bunday ma'lumotni olish uchun sahifangizda kuzatish uchun hisoblagich kodini o‘rnatish lozim.

Agar saytingiz Word Pressda ishlasa, kodni maxsus plagin orqali qo‘shish mumkin. Bu esa sichqonchaning bir harakati bilan amalga oshiriladi.

Umuman olganda, odamlar saytlarni qidiruvdan qanday topishadi?

Kerakli ma'lumotga yo‘naltiradigan qidiruv qatori ortida qanday algoritmlar turgani haqida hamma ham o‘ylab ko‘rmaydi. Qidiruv tizimi internetni butunlay skaner qiladi, biz esa tanlab olingan ma'lumotni olamiz.

Bu tanlash jarayoni uch guruhdagi omillarni hisobga olgan holda algoritmlar tomonidan amalga oshiriladi: ichki, tashqi, xulq-atvor bilan bog‘liq. Gap saytni to‘ldirish, avtoritetlikning tashqi ko‘rsatkichlari (kim va qanchalik tez-tez saytga murojaat qiladi) va foydalanuvchilar resursingiz bilan qanday aloqa qilishiga bog‘liq: ular oxir-oqibat natijadan mamnun bo‘lishadimi yoki havolani bir necha soniyadan so‘ng yopib qo‘yishadimi?

Bu omillarning bari sifat mezonlari to‘plamini namoyish etadi. Omillar haqiqatan ham ko‘p. Saytni bu talablarga moslashtirish orqali uning “ko‘rinishi”ni yaxshilash  va tashriflar sonining ortishiga erishish mumkin.

Saytga tashriflar sonini oshirishning 7 usuli

Saytni targ‘ib etish bu kompleks ish, chunki qidiruv tizimlari ham ularni har jihatdan baholaydi. Buning uchun birinchi navbatda nimalar ustida ish olib borish kerak:

  • Talab ko‘p bo‘lgan maqolalar yozing

Yozuvchilik qobiliyatingiz a'lo darajada bo‘lsa-da, siz yozayotgan mavzular ko‘pchilikka qiziq bo‘lmasa, bu sizning foydangizga bo‘lmaydi.

Mohiyat shundaki, qidiruv tizimi ikki shart bir-biriga muvofiq kelgandagina sahifaga odamlarni olib kelishi mumkin:

  • foydalanuvchilar muayyan so‘rov bo‘yicha aniq ma'lumot izlaydilar;
  • saytda bu ma'lumot bor.

So‘rovlardan faqat birining qondirilishi yetarli bo‘lmaydi.

  • Sarlavhalar kishini “o‘ziga jalb qiladigan” bo‘lsin

Bu tashrifchilar ko‘radigan sahifalarga ham, qidiruv tizimlarida yoziladigan Title va Description metagetlariga ham tegishli. Ular qanchali jozibali ko‘rinsa, foydalanuvchilar saytga kirishiga sabab bo‘ladi. Eng yuqoridagi o‘rin saytingizga o‘tishlar soni ko‘p bo‘lishiga kafolat bermaydi. Bari qiziqarli sarlavhaga bog‘liq.

  • Kontentingiz (saytdagi ma'lumotlar)ni hamma yerda ulashing

Saytdagi ma'lumotlar – qirol bo‘lsa, uni yetkazish – qirolichadir. Agar tarqatish uchun harakat qilinmasa, hatto juda qiziq maqolalarni ham hech kim o‘qimaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda maqola havolasi bilan bo‘lishing. Uni tanishlaringizga yuboring. Mavzuga mos forumlarda maqolani tavsiya qiling va h.k.

Kontentni tarqatish usullari juda ko‘p. Ulardan ko‘pchiligi bepul. Bunday faol harakat qidiruv tizimlari uchun ijobiy signal bo‘ladi. Maqolaning boshida yodga olingan maqolani targ‘ib etishning tashqi omiliga kiradi.

  • Saytni vebmaster panellariga qo‘shing

Tahlil hisoblagichi kodini kiritdingiz deb hisoblaymiz, bu esa keyingi qadam bo‘ladi. Google’dan vebmasterlar uchun panel – Search Console, “Yandeksdan ” “Vebmaster”.

Bu qidiruvda saytni indekslashtirish, u qanday so‘rovlarda ko‘rsatilayotganini kuzatish, saytni umumiy va ba'zi sahifalari bo‘yicha statistikasini monitoring qilishda yordam beradi.

  • Texnik muammolarni bartaraf qiling

Agar ko‘nikmalaringiz yetarli bo‘lsa, buni mustaqil amalga oshirsa bo‘ladi. Aksi bo‘lsa, professionalni yollash kerak. Indekslashtirishdagi muammolarni yuqorida keltirilgan vebmaster panellari orqali bilish mumkin.

Natijani 1 daqiqada olish mumkin bo‘lgan tezkor tahlil maxsus xizmatlari bor. Masalan, Be1.ru

Servis orqali amalga oshirilgan audit bepul. U bergan natijalar orqali saytda qanday xatolar borligi va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha tavsiyalar olish mumkin.

  • Kuchsiz sahifalar ustida ishlang

Quyida bandlardan birigagina mos keladigan sahifani ham ana shunday toifaga kiritish mumkin:

  • foydali ma'lumot umuman yo‘q;
  • Title va Description metagetlari yo‘q;
  • mavzu suratlarni talab qilsa-da, ular mavjud emas;
  • matn formatlashtirilmagan, bir xil polotno ko‘rinishida joylashtirilgan;
  • ma'lumot eskirgan va yangilashni talab etadi;
  • asosiy so‘zlar guruhi bo‘yicha optimallashtirish yo‘q.

Har bir sahifa foydalanuvchiga foydali ma'lumot berishi lozim. Aks holda, uning foydalanuvchi va qidiruv tizimlari uchun qadri juda past bo‘ladi.

  • Yuklanish tezligini ta'minlang va saytni mobil qurilmalar uchun moslashtiring

Bu muhim omillar saytni qidiruv robotlari va tashrifchilar tomonidan qabul qilinishiga ta'sir ko‘rsatadi. Sekin yuklanadigan va mobil platformalarda ko‘rish uchun moslashtirilmagan saytlar qidiruvda past o‘rinni egallaydi.

Buni amalga oshirishning usullari quyidagicha:

  • ma'lumotni keshlashtirish uchun maxsus plaginlar o‘rnatish (masalan, Word Press uchun WP Super Cache);
  • saytdagi suratlar hajmini kamaytirish. Buni grafik muharrirlar yordamida oson amalga oshirish mumkin.
  • dizaynni moslashuvchan qilish.

Saytning yuklanish tezligini GTmetrix.com servisi yordamida, mobil ko‘rinishini Iloveapaptive.com orqali bilish mumkin.

Mavzuga oid