Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligadan chetlatilgan hakamning xatosi aks etgan video namoyish qilindi
Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Qizilqum» (2:1) o‘yinida bosh hakam bo‘lib ishlagan Hasan Ro‘ziyev «qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani» uchun, O‘FA hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, oktabr oyiga qadar Superliga o‘yinlarini boshqarishdan chetlatilgan edi.
Ekspertlar guruhining fikriga ko‘ra, o‘yinning 35-daqiqasida u «Metallurg» darvozasi tomon penalti belgilamagan. Bu esa yakuniy natijaga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.
Sport TV orqali namoyish qilingan o‘yinning 35-daqiqasida yuz bergan voqea videosi e'lon qilindi. Unda «Qizilqum» yarimhimoyachisi Artur Gevorkyan chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazmoqchi bo‘lganida, u «Metallurg» yarimhimoyachisi Stanislav Andreyevning qo‘liga tekkanini ko‘rish mumkin.
Hakamning qarori qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi bo‘yicha xulosa chiqarish o‘zingizga havola.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi
19:03 / 18.11.2024