Jahon | 18:04 / 13.08.2018
25258
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyani valyuta inqirozi qamrab oldi: lira rekord darajagacha quladi

Foto: REUTERS

Turk lirasi bir necha haftadan beri qiyin ahvolda turibdi, biroq deyarli 20 foizga qulash atigi bir kunning ichida yuz berdi - bu Turkiya iqtisodiyoti uchun rekord. Prezident Erdo‘g‘an endi fuqarolarni banklarga barcha pullarini olib borishga chaqirmoqda.

Yil boshidan buyon turk lirasi o‘z qiymatining 27 foizini yo‘qotdi. Bugun 1 AQSh dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan.

Erdo‘g‘anga qarshi iqtisodiy urushni NATO bo‘yicha o‘z ittifoqdoshi - AQSh boshladi. Aynan turk po‘lat va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oshirish haqidagi qaror lira qulashini yanada kuchaytirdi. 

Bundan tashqari, lira kursining tushishi AQSh prezidenti ma'muriyatining Turkiyaning AQSh bozoriga bojsiz kirishi masalasini qayta ko‘rib chiqish haqidagi bayonotidan so‘ng ro‘y bergan. 

Sayyohlar va xorijliklar uchun bu unchalik yomon emas. Hammasi har kuni arzonlashmoqda. Biroq, mahalliy aholi tashvishda, ularning daromadi tushib ketyapti.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid