Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qadimiy shaharlar xalqaro forumida ishtirok etadi
Dushanba kuni Rossiyaning Ryazan shahrida «Tarixiy-madaniy meros - qadim shaharlar barqaror rivojlanishining kafolati» mavzusidagi birinchi xalqaro forum ochiladi. 500 yildan avvalroq tashkil etilgan dunyoning 40ta shahri rahbarlarini bir joyga to‘playdigan forumga O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif buyuradi.
Ryazan oblasti hukumatidan xabar berishlaricha, bir hafta davom etadigan tadbir Rossiya Federatsiyasining YuNESKO ishlari bo‘yicha komissiyasi shafeligida o‘tkaziladi.
«Tarixiy-madaniy meros - qadimiy shaharlar barqaror rivojlanishining kafolati» mavzusidagi ilk konferensiyada Belarus, Serbiya, Turkiya va O‘zbekistondan mutaxassislar ishtirok etadi.
Forumda 12 mamlakat shaharlari o‘z ishtirokini tasdiqladi: Trir va Myunster (Germaniya); Lovech (Bolgariya); Granada, Sevilya (Ispaniya); Neapol (Italiya); Sparta, Afina, Saloniki (Gretsiya); Toshkent, Buxoro (O‘zbekiston); Parij (Fransiya); Grodno, Brest, Vitebsk (Belarus); Istanbul, Anqara, Manavgat (Turkiya); Tallin (Estoniya); Yerevan (Armaniston); Belgrad (Serbiya). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi shaharlari: Moskva; Vladimir; Belozersk; Velikiy Ustyug, Totma (Vologda oblasti); Kaluga, Mosalsk, Kozelsk (Kaluga oblasti); Kerch (Qrim); Velikiy Novgorod; Smolensk; Qozon; Tula, Pereslavl-Zalesskiy (Yaroslavl oblasti); Kolomna.
Tadbir kunlarida sakkiz mamlakatdan kelgan oshpazlar ishtirokida gastronomik sayyohlik dasturlari namoyish etiladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
10:20 / 12.09.2024