Jamiyat | 15:41 / 15.08.2018
16439
3 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda ilk oilaviy mehmon uylari ochildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018 yil 7 avgustdagi 631-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislari oila va xonadonlarni joyiga chiqib o‘rganib, oilaviy mehmon uylari tushunchasi, ularni tashkil qilish shartlari, tartibi, faoliyat yuritish jarayoni va bunda davlat tomonidan belgilangan kredit va soliq imtiyozlari to‘g‘risida aholimizga va keng jamoatchilik orasida tushuntirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Foto: Kamil Yenikeyev

Mazkur vazifani amalga oshirishda O‘zbekiston Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 2018 yil 7 iyundagi 3777-sonli qarorida belgilab berilgan mexanizmlardan keng foydalangan holda oilaviy mehmon uylarini ochish va tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlarida tijorat banklarining imtiyozli mikrokreditlarini jalb qilish asosida mehmon uylari faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashib kelmoqda.

Birgina Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani aholisi bilan bir hafta davomida olib borilgan bevosita muloqot natijasida oilaviy mehmon uylari tashkil qilish orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirgan 67 nafar tashabbuskor aniqlandi, ularning 44 nafariga faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Shahrisabz filialining imtiyozli mikrokreditlari jalb qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirilishi natijasida bir vaqtning o‘zida 370 dan ortiq mehmonlarni shinam va zamonaviy oilaviy mehmon uylarigajoylashtirish imkoniyati va 170 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. 

Foto: Kamil Yenikeyev

Joriy yilning 14 avgust holatiga ko‘ra, 155 o‘rinli 26 ta oilaviy mehmon uyi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, xorijiy va respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylashtirish uchun tayyorlab qo‘yildi.

Oilaviy mehmon uylari hududning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilib, xususan joriy yilning sentabr oyida Shahrisabzda o‘tkazilishi mo‘ljallangan “Xalqaro maqom san'ati anjumani”ga tashrif buyuradigan sayyohlarni milliylikni saqlagan holda zamonaviy sharoitlar bilan kutib olish imkonini beradi.

Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev

Mavzuga oid