Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Ashurmatov: O‘yin to‘liq bizning nazoratimizda o‘tdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari turnirida guruh bosqichining ikkinchi turida Qatar olimpiyachilarini 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Terma jamoa sardori Rustam Ashurmatov ham o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
«O‘zbekistondan shunchalik ko‘p jurnalist kelishini kutmagandik. Bundan juda xursandmiz.
O‘yin juda chiroyli bo‘ldi. O‘yin faqat bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. O‘yin oxirigacha barcha o‘ylagan rejalarimizni amalga oshirdik. Keyingi o‘yinlarga ham jiddiy tayyorlanamiz. O‘yindan-o‘yinga kuchayib bormoqchimiz», deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Ashurmatov bu o‘yinda hakamning harakatlaridan qoniqish hosil qilmagan.
«Har bir hakam, har bir futbolchi xato qilishga haqli. Bugun hakam bizga qarshi ko‘p xato qildi. Lekin bugun yirik hisobda g‘alaba qozondik va hakamning xatolariga e'tibor bermasak ham bo‘ladi», degan futbolchi.
Qatarga qarshi o‘yindagi g‘alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga Osiyo o‘yinlarida birinchilardan bo‘lib muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim qildi. Keyingi uchrashuvni O‘zbekiston vakillari 19 avgust kuni Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
23:25 / 14.11.2023
Rustam Ashurmatov: «Hozir Eronning hujum chizig‘idan qo‘rqadigan holatda emasmiz»
20:29 / 07.10.2023