Jahon | 10:45 / 18.08.2018
11824
1 daqiqa o‘qiladi

«Xiyonat». MRB sobiq rahbari Trampning xatti-harakatiga munosabat bildirdi

Foto: Getty Images

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Jon Brennanning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Rossiya aralashuvi bo‘yicha tushunarsiz xatti-harakatlari xiyonat sanaladi. Bu haqda MSNBC xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning Rossiya aralashuvi bo‘yicha noaniq pozitsiyasi AQSh hukumati va mamlakat fuqarolariga zarar keltiryapti.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Trampning Rossiya ishiga nisbatan xatti-harakatini «xiyonat», deb atash mumkin.

Biroq, Brennanning qayd etishicha, «Trampning haqiqiy xiyonati»ni nazarda tutmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRBning 6 nafar sobiq rahbari Trampga qarshi chiqqandi

Mavzuga oid