O‘zbekiston | 12:10 / 18.08.2018
24311
3 daqiqa o‘qiladi

«Made in Tajikistan»: Tojikiston o‘z sanoat salohiyatini namoyish etdi (foto)

Tojikiston Toshkentda o‘z sanoat salohiyatini namoyish etdi. Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari kecha kechqurun muzokaralardan so‘ng, «Tojikistonda ishlab chiqarilgan» nomli milliy tovar va mahsulotlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar hamda Tojikistonning ishlab chiqarish korxonalari va kompaniyalari yutuqlari namunalari bilan tanishdilar.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati 

«Aziya-Plyus» nashrining yozishicha, ko‘rgazmada Tojikistonning 60dan ortiq yirik sanoat korxonalari o‘z mahsulotini taqdim etdi. Ular orasida «Talko Gruppa», «Gayur sement» va «Mohir sement», «Faros», «Shiri Dushanbe», «Angisht» hamda «Namaki Asht va Xo‘jamo‘min», «Kolinxoi Qayroqqum», «Amiri», «Maqolli», «Obi zulol» kompaniyalari, shuningdek, Tojikistonning metallurgiya, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, mudofaa, kimyo, ko‘mir va yengil sanoatlar sohalarida faoliyat ko‘rsatadigan boshqa yirik korxonalari bor edi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining ta'kidlanishicha, 50dan ortiq korxona va kompaniyalar import o‘rnini bosuvchi hamda eksportga yo‘naltirilgan tovarlarni ham namoyish etdi. Ular to‘qimachilik mahsulotlari, salqin ichimliklar, avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat - sut va go‘sht mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, quritilgan meva, ichimliklar, non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, shuningdek, charm mahsulotlari, qurilish materiallari, alyuminiy, gazlamalar, kiyim-kechak, poyabzal, zargarlik mahsulotlari, adras va atlas, eshik va derazalar, stol va stullar, shifoxona uchun karavotlar, metall quvurlar, past voltli va yuqori voltli kabellar, ayollar va qizlarga mo‘ljallangan hunarmandchilik namunalari edi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid