Pokistonning yangi bosh vaziri sobiq kriketchi bo‘ldi
Pokistonning “Adolat uchun harakat” partiyasi yetakchisi Imron Xon 17 avgustda Pokiston bosh vaziri lavozimiga saylandi. Milliy assambleyaga (parlament quyi palatasi) saylovlarda g‘olib bo‘lgan partiya yetakchisi 272 ovoz bergan deputatdan 176 nafari ovozini olgan.
Mamlakatda 25 iyulda o‘tgan parlament saylovlarida Xon partiyasi 1-o‘rinni egallab, quyi palatadagi 272 o‘rindan 116 tasini qo‘lga kiritgandi.
Xon saylovlardan keyin Kashmir masalasiga yechim topish maqsadida Hindiston bilan muzokaralar olib borishga va'da bergandi. U, shuningdek, AQShning mintaqadagi aksilterrorchilik choralariga tanqidiy qarashi bilan tanilgan bo‘lishiga qaramay, Vashington bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishga chaqirgan.
Kelib chiqishi pushtun bo‘lgan Xon 1952 yilda Miyanvali shahrida (Panjob viloyati) muhandis-quruvchi oilasida dunyoga kelgan. 1972 yilda Oksford universitetini yakunlagach, iqtisodiy bakalavri darajasini olgan.
1971 yildan 1992 yilgacha professional sport bilan shug‘ullanib, kriket bo‘yicha Pokiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan va unga 10 yil sardorlik qilgan. 1992 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. 1983 yilda kriket bo‘yicha nufuzli ingliz nashri Xonni yilning eng yaxshi kriketchisi deb atagan. 2010 yilda uning nomi Xalqaro kriket kengashi shon-shuhrat zaliga kiritilgan.
Imron Xon 1996 yilda “Adolat uchun harakat” (Pakistan Tehreek-e-Insaf) partiyasiga asos solgan.
Xon siyosiy faoliyatdan tashqari xayriya va ta'lim loyiihalari bilan shug‘ullanadi. U Laxorda saratonni tashxis qilish va davolash bilan shug‘ullanuvchi, dunyodagi yetakchi bepul tibbiy muassasalardan biri bo‘lmish onkologiya ilmiy-tadqiqot markaziga, Rikxi okrugida esa texnika fanlari sohasida mutaxassislarni tayyorlovchi kollejga asos solgan.
Mavzuga oid
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024