Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Ronalduning debyut o‘yinida juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
A Seriyada 2018/19 mavsumi start oldi.
Dastlabki o‘yinda «Kevo» va «Yuventus» klublari belashdi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq Xedira gol urib, «Yuventus»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, «Kevo» sarosimaga tushmadi va keyinchalik 2ta gol urib, tarozini o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Bani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Bernardeski goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi.
Italiya chempionati, 1-tur
Kevo – Yuventus 2:3 (1:1, 1:2)
18 avgust, «Mark Antonio Bentegodi» stadioni
Gollar: 0:1 – 3 Xedira, 1:1 – 38 Stempinski, 2:1 – 56, penalti Jakkerini, 2:2 – 75, avtogol Bani, 2:3 – 90+3 Bernardeski.
Kevo – Sorrentino (Shemper, 90), Rossettini, Tomovich, Kachchatore, Bani, Rigoni, Depaoli, Xetemay (Obi, 78), Radovanovich, Jakkerini, Stempinski (Jorjyevich, 66).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Kuadrado (Bernardeski, 56), Pyanich, Xedira (Jan, 84), Duglas Kosta (Manjukich, 64), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirish: Radovanovich (60).
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024