Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov Jakartada G‘ofur Rahimov bilan uchrashdi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘tkazilgan Osiyo olimpiya kengashining bosh assambleyasida ishtirok etdi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Ahmadjonov assambleya yakunida Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh bilan, shuningdek, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov bilan uchrashgan.

Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh Osiyo Olimpiya kengashi va Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi.
O‘zbekistonlik biznesmen G‘ofur Rahimov esa shu yilning yanvarida Xalqaro boks federatsiyasi prezidentiga aylangandi.
Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov joriy yilning 27 iyul sanasida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashuv o‘tkazib, mamlakatda boksni rivojlantirish bo‘yicha har qanday yordamga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistondan 8 nafar bokschi ishtirok etadi, bular: Bobo-Usmon Boturov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov, Shunqor Abdurasulov, Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov va Yodgoroy Mirzayeva.
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
15:21 / 20.12.2024
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
18:50 / 12.12.2023