Light | 15:11 / 20.08.2018
10128
3 daqiqa o‘qiladi

Marketologlar ongimizni qanday o‘zgartirishadi?

Har qanday marketologning muhim vazifasi – ko‘proq sotish. Bu mahsulot sizga haqiqatan ham zarur bo‘lishi – fakt emas. Bugun bizni xarid qilishga undash uchun marketologlar ongimizning o‘ziga xos jihatlaridan qanday foydalanishlari haqida hikoya qilamiz.

Foto: KitKat

Ranglar

Boshqa jonzotlarga qaraganda ko‘proq ranglarni ajrata olamiz. Tasvir yoki buyum qanchalik yorqin bo‘lsa, uni sezishimizning imkoniyati ortadi. Marketologlar ham yorqin o‘ram, yozuv va reklama bilbordlarini yaratib, aynan shundan foydalanishadi.

Foto: McDonald’s

Tushunchalarni o‘zgartirish

Tasavvur qiling, umr bo‘yi M o‘lchamidagi kiyimlarni kiygansiz. Do‘konga keldingiz, ustingizdagi kiyim osilib turibdi. Albatta, miyaga keladigan ilk fikr bu siz – vazn tashladingiz. Biroq bu doim shunday emas. Ishlab chiqaruvchi va marketolog ayollarning abadiy istagi – ozg‘inroq va yaxshiroq bo‘lishni yaxshi tushunadilar. Ular o‘lcham tizimini o‘zgartiradilar. Natijada, siz o‘lchami kichikroq buyumni sotib olasiz. Ongingiz esa bu do‘kon bilan bog‘liq yoqimli xotiralarni eslab qoladi.

Bu fastfudga ham tegishli. Kichik fri kartoshkasi bugun va 10 yil ilgari – bu butkul boshqa-boshqa narsalarekaniga hayron qolasiz. Hozir porsiya va uning narxi ancha katta. Kichik kartoshkani olishga o‘rgangan odamlar buni sezishlari dargumon. Axir daromad o‘smoqda…

Foto: Depositphotos

Nazarni kuzatish

Insonning nazari deyarli har doim bir xil trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Bundan tashqari, o‘z-o‘zidan diqqatimizni tortadigan narsalar bor: ko‘zlar, bolalar va hayvonlar. Reklama yaratganda va do‘konlarda mahsulotlarni joylashtirganda marketologlar ham aynan o‘sha narsalardan foydalanadi.

Foto: Shutterstock

Hidlar

So‘nggi yillarda do‘konlarda havoga turli hid berish vositalaridan foydalanila boshlandi. Ular yoqimli atmosfera yaratib, joy bilan bog‘liq ijobiy xotiralarga sabab bo‘ladi. Yaxshi hislar ham buyum hidini chaqirishi mumkin: u xoh yangi texnika bo‘lsin, xoh kitob.

Foto: Shutterstock

O‘ram teksturasi

Hayron qolasiz, o‘ram teksturasi, qalinligi ta'mni bilishimizga katta ta'sir o‘tkazishi mumkin. Agar o‘ram zich materialdan tayyorlangan va sifatli bo‘lsa, ongsiz ravishda undagi tovar ham yaxshidek tuyuladi. Eslab ko‘ring, ko‘pchilik barchaga ma'lum gazli suv shisha idishda plastikdagiga qaraganda mazaliroq deb hisoblashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid