Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» Alisher Sultonovning ahvoli haqida ma'lumot berdi
«O‘zbekneftgaz» AJning Kun.uz’ga xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonovning ahvoli jiddiy xavf ostida emas, hozirda uning holatini shifokorlar nazorat qilib turishibdi.
Tibbiyot xodimlarining ta'kidlashicha, Alisher Sultonovda jiddiy jarohatlar yo‘q, uning holati yaxshilanmoqda va u tez orada ishga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 avgust kuni O‘zbekiston hukumati rahbariyati korteji Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida yo‘l-transport hodisasiga uchragani xabar qilingandi.
Aniqlik kiritilishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan kortej Dehqonobod MFY yaqinida avariyaga uchragan. Ushbu YTH oqibatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning o‘rinbosari, Alisher Sultonov jarohat olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma'lumotiga ko‘ra, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kortejga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024