Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston sanoat kooperatsiyasini kengaytiradi
Tashqi savdo vazirligida Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Shavkat Bobozoda boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomoniga Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchilik qildi. Uchrashuvdan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va kooperatsion hamkorlikni jadallashtirish va mustahkamlash bo‘ldi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikistonning tog‘ kon-metallurgiya, tekstil, qurilish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika, transport, savdo, neft-gaz va boshqa sohalardagi yirik uyushma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibida sanoat va savdo sohalarida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan logistikani optimallashtirish, investitsion va savdo loyihalari bo‘yicha kelishuvlarni tayyorlash va qo‘shma korxonalar tashkil etish kabi masalalar batafsil muhokama etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari ta'kidlaganidek, shu kabi muloqotlar ikki davlat korxonalari o‘rtasida yaqin kooperatsion aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Tomonlar sanoat va savdo sohalarida hamkorlik o‘rnatish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:38 / 26.05.2025
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi
07:46 / 23.04.2025
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi
08:30 / 17.03.2025
Avtomobil sanoatidagi uchta korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yildi
13:36 / 11.03.2025