Fan-texnika | 23:31 / 23.08.2018
19082
2 daqiqa o‘qiladi

«Kalashnikov» konserni elektromobil ishlab chiqarmoqchi

Foto: Kalashnikov Media

«Kalashnikov» konserni jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari elektromobillari bilan raqobatlashuvchi CV-1 kontsept-karini namoyish etdi. CV-1 «IJ-21252» kuzovi asosiga qurilgan bo‘lib, murakkab texnologiyalarni «sinovdan o‘tkazish uchun stend» vazifasini bajaradi.

«Kalashnikov» vakili Sofiya Ivanova konsernning elektrokar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar, jumladan Tesla bilan raqobatlashish rejasi borligini tasdiqladi. Kompaniya CV-1 elektromobilining ishlab chiqarilish muddati va ehtimoliy narxini ma'lum qilmadi.

Kontsept-kar 90 kilovatt-soatlik batareya bilan jihozlangan. Elektromobilning quvvati 500 kilovattga yetishi mumkin, u 350 kilometr masofani bosib o‘tishga yetadi. 2018 yilda ishlab chiqarilgan Tesla Model 3 bir marta quvvat olib 500 kilometr yo‘l bosishi mumkin va uning akkumulyatori quvvati 85 kilovatt-soatni tashkil etadi.

Kompaniyadagilar «Kalashnikov» elektromobili Tesla va boshqa kompaniyalar mahsulotlaridan nimasi bilan ustun bo‘lishi haqida ma'lumot bermadi.  

Mavzuga oid