Sport | 15:13 / 23.08.2018
30112
1 daqiqa o‘qiladi

43 yoshli Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi

Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining beshinchi kuni doirasidagi musobaqalar davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasiga navbatdagi kumush medal taqdim etildi.

Sport gimnastikasining tayanib sakrash bo‘yicha bahslarida Oksana Chusovitina kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Anvar Ilyosov

Shu tariqa, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibasi, 7ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yagona gimnastikachi, 43 yoshli Oksana Chusovitina navbatdagi medal sohibasiga aylandi.

Foto: Anvar Ilyosov
Foto: Anvar Ilyosov

Shuningdek, Muattar Nabiyeva og‘ir atletika bo‘yicha o‘z ishtirokini boshladi.

Penchak silat bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan uch nafar sportchimiz ilk janglaridayoq imkoniyatni boy berishdi va musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Mavzuga oid