Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikiston bilan 130 mln dollarlik shartnoma imzoladi
16 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston ishchi doiralari biznes-forumda ishtirok etishdi. «Kommersant» nashrida qayd etilishicha, muzokaralar yakuniga ko‘ra umumiy miqdori 133,2 mln dollarlik hujjatlar paketi imzolangan.
Tomonlar neft va gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, qurilish va boshqa sohalarga doir kelishuvlarga erishishgan.
17 avgust kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon "Tojikistonda ishlab chiqarilgan" ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi va mamlakat ishlab chiqaruvchi korxona hamda kompaniyalari yutuqlarining namunalari bilan tanishishdi.
Mazkur ko‘rgazmada Tojikistonning 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari ishtirok etdi: «Talko Grup», «Gayur sement» va «Moxir sement», «Faroz», «Shiri Dushanbe», «Angisht» va «Namaki Asht va Xodjmumin», «Kolinxoi Kayrokkum», «Amiri», «Makolli», «Obi zulol» va boshqalar shular jumlasidandir.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025