O‘zbekiston | 19:24 / 24.08.2018
48462
2 daqiqa o‘qiladi

Haqiqatdan ham yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION”da arzonmi?

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 30 apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3677-son qaroriga asosan yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida maqola berilgan edi.

Hududlarda berilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalari www.e-auksion.uz saytida past narxlarda auksion savdolariga qo‘yilmoqda. Endi yer uchastkalari hokimiyatlardan emas, faqat auksiondan olinadimi, degan savol barchani qiziqtirayotganligi tabiiy.

Endilikda, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun hokimiyatlarga emas, faqatgina ochiq, shaffof va qulay bo‘lgan www.e-auksion.uz elektron-onlayn tizimga murojaat qilinadi. Yer uchastkalarini ortiqcha sarsongarchiliksiz olish, bu o‘z navbatida, aholi uchun qulayliklar va shaffoflikka olib keladi.

Hozircha, auksion savodlariga Jizzax viloyati Paxtakor tumani Mingchinor qishloq fuqarolar yig‘inida 5 ta arzon narxlarda, Buxoro, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ham yer uchastkalari arzon narxlarda auksion savdolariga qo‘yilgan.

 

Mavzuga oid