Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy taomlar kafesida pichoqbozlik: ayol erkakni pichoqladi
Bu hodisa Surxondaryo viloyatida ro‘y berdi.
21 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.R. milliy taomlar kafesida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Sh.S.ga pichoq bilan zarba bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Sh.S. kasalxonaga olib borilgan, Z.R. ushlangan.
Bu ichki ishlar organlari tomonidan qayd etilgan yagona hodisa emas.
21 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida K.K. uyida, oilaviy janjal paytida, mast holda bo‘lgani holda birga yashovchi qarindoshi Sh.K.ning ko‘kragiga pichoq bilan urgan. Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchini kasalxonaga olib ketishgan, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Toshkent viloyatida yana bir hodisa yuz berdi. 22 avgust kuni Bo‘stonliq tumanida R.T. o‘z tanishi A.F. bilan spirtli ichimlik ichib, yuzaga kelgan janjal paytida unga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada A.F. kasalxonaga yotqizilgan, R.T. ushlangan.
Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 22 avgust kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, «Paxtaobod» MFYda yashovchi S.B. uyi oldidagi janjal paytida hamqishlog‘i T.J.ga pichoq bilan zarba bergan. Hodisadan keyin T.J. kasalxonaga yotqizilgan, S.B. ushlangan.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025