Surxondaryoda ikki nafar velosipedchi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto
23 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi M.P. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Navbahor” MFY hududidan o‘tuvchi “Qorasuv-Angor” yo‘lining 3-km.da haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipeddagi fuqarolar B.H. va Q.A.ni urib yuborgan.
Natijada ikkala fuqaro ham jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025