Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlarida eSport turniri start oldi
Bugun, 26 avgust kuni Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida elektron sportlari (eSport) musobaqasi start oldi, deb xabar bermoqda Infocom.uz.
eSport musobaqasi ko‘rgazmali tarzda o‘tkaziladi, ya'ni bunda medallar o‘ynalmaydi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi nomidan elektron sport federatsiyasi a'zosi, Toshkentning «Lokomotiv» klubi kiberatleti Sanjar Usmonov ishtirok etadi.
Musobaqa 26 avgustdan 1 sentabrgacha davom etadi va 6ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: Arena of Valor, Clash Royale (shaxsiy hisob, mobil platforma), Hearthstone, League of Legends (jamoaviy o‘yin), Pro Evolution Soccer (jamoaviy o‘yin), Starcraft II (shaxsiy hisob).
eSport turnirida jami 18ta mamlakat vakillari qatnashadi. 6ta yo‘nalishning har birida 8 nafar kibersportchi ishtirok etadi. Ular 6-20 iyun kunlari saralash o‘yinlari orqali tanlab olindi. Indoneziya terma jamoasi mezbon sifatida har bir yo‘nalishda bitta o‘ringa ega bo‘ladi.
O‘zbekiston kiberatletlari Hearthstone, League of Legends , Pro Evolution Soccer va Clash Royale bo‘yicha saralash o‘yinlarida ishtirok etishdi. Biroq, faqat Sanjar Usmonov Clash Royale bo‘yicha saralashda qirg‘izistonlik kiberatletni yengib, Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Clash Royale bo‘yicha musobaqa 27 avgust kuni boshlanadi va unda hamyurtimiz vetnamlik kibersportchi bilan bellashadi. Turnir ishtirokchilari iPhone smartfonlaridan foydalanishadi.
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
20:29 / 07.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Yana ikki oltin va yangilangan rekord
18:46 / 06.10.2023