Fan-texnika | 21:10 / 27.08.2018
10565
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar sun'iy ong nimalarga qodirligini sinab ko‘rishdi

Open AI kompaniyasi olimlari sun'iy ongga avvaldan biror narsani o‘rgatmasdan erkinlik berilsa nima bo‘lishini sinab ko‘rishdi. 

Kompyuterga bir nechta o‘yin taqdim etildi, ammo nima qilish kerakligi yoki o‘yinni qanday yutish mumkinligi aytilmadi. Sun'iy ong Mario Bros o‘yinining 10ta darajasini yuta oldi.

Sun'iy ongning ham xuddi odamlardagi kabi kamchiligi bor ekan: uni chalg‘itish mumkin. Olimlar sun'iy ongni labirint ichida yurishga majbur qilishdi va labirint ichiga televizor joylashtirishdi: u esa televizorga chalg‘ib yo‘lda bir oz to‘xtab qoldi.

Olimlar uning o‘zini xuddi yosh bolalardek tutishi yaxshi ekanligini ta'kidlashmoqda. Ularning fikricha, ana shunda sun'iy ong tizimi ishonchli va inson boshqarishi oson bo‘ladi.

Mavzuga oid