Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada qurilish vaqtida ommaviy qabr topildi
Shri-Lankadagi Mannar shahrida qurilish vaqtida 100 dan ko‘proq odamning suyaklari bo‘lgan ommaviy qabrga duch kelindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, odam suyaklari hanuzgacha har kun topilmoqda.
Qabr qurilish vaqtida aniqlangan: ishchilar bino poydevori uchun chuqur qaziyotganlarida inson suyaklariga duch kelishgan. Suyaklar 3 metr chuqurlikda bo‘lgan. Mutaxassislar suyaklar yer ostida qancha uzoq vaqt yotgani va qabrga qancha odam ko‘milganini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazishadi.
“Biz 101 kishining suyaklarini topdik”, deb aytgan arxeologlardan biri. Ta'kidlanishicha, qabrning hali yarmiga tegilmagan.
Qabr fuqarolik urushi vaqtida paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Jangovar harakatlar to‘xtashlar bilan 26 yil davom etgan. Shri-Lanka hukumati va musulmon tamillar o‘rtasidagi urush 1983 yilda boshlanib, 2009 yildagina yakun topgan. “Tamil-Ilamni ozod qilish yo‘lbarslari” mustaqil davlat tashkil etish uchun hukumat bilan kurash olib borgan.
Turli ma'lumotlarga ko‘ra, urush vaqtida 100 ming kishi halok bo‘lgan. Britan nashrining ta'kidlashicha, 20 mingga yaqin odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
Shri-Lanka orolining aksariyat aholisi, ya'ni 75 foizdan ko‘prog‘i buddaviylar hisoblanadi. Musulmonlar esa 21 mlnlik aholining 9 foizga yaqinini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025