O‘zbekiston | 16:56 / 29.08.2018
323441
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (ilk suratlar)

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro investitsion forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

Uning doirasida “Jizzax sanoati mahsulotlari” ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tyapti, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Ko‘rgazmada yangi Tracker avtomobili ham namoyish etildi. Taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, Tracker’da 4 qatorli benzinli dvigatel bo‘ladi. Ishlash hajmi - 1796 sm3. Avtomobil kuzovi uzunligi - 4255, kengligi - 1775, balandligi - 1650, g‘ildirak bazasi - 2555 millimetrni tashkil etadi. 

Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. Soatiga 100 kilometrga 10,9 soniyada chiqishi mumkin.

Yoqilg‘i sarfi: aralash - 100 kilometrga 7,1 litr, shahar - 9,3 litr, shahar tashqarisida - 5,8 litr. Yoqilg‘i baki hajmi - 53 l. Rul boshqaruvi gidravlik bo‘lib, transmissiya turi - 5 MT, old.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Tracker avtomobili qachondan sotuvga chiqarilishi haqida ma'lumot bergandi

Mavzuga oid