O‘zbekiston | 19:09 / 30.08.2018
50426
7 daqiqa o‘qiladi

Go‘sht 43000, guruch 13000. O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar

Poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 so‘mdan 7000 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, "Qo‘yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 so‘mdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 so‘mdan xarid qilish mumkin. 

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlar narxlarini o‘rganishni davom etadi, deb yozmoqda O‘zA
 
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 26 avgust holatidagi narxlari. 

Mol go‘shti
26 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 26 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar o‘tgan haftalarda kuzatilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26 ming so‘m. 

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go‘shti 26-40 ming so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shti 26-39,5 ming so‘mdan sotilayotgani kuzatilgandi. 

Toshkent shahrining "Farhod", "Mirobod", "Yunusobod", "Chorsu", "Qo‘yliq" dehqon bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 28 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha sotilmoqda. O‘tgan haftada eng qimmat narxlardagi mol go‘shti faqat "Qo‘yliq" bozorida (43 ming so‘m) sotilgan bo‘lsa, bu haftada ushbu bozorda go‘sht narxi ancha arzonlashganini kuzatish mumkin – 28-38 ming so‘m. 

"Mirobod" bozorida – 28-37 ming, "Yunusobod" bozorida 28-36 ming, "Farhod" bozorida 28-40 ming, "Chorsu" bozorida 28-38 ming so‘mgachaga sotilmoqda. 

Qo‘y go‘shti
31 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha 

Eng arzon narxlardagi qo‘y go‘shti – poytaxtning "Mirobod", "Chorsu" bozorlarida – 28 ming so‘m. Eng qimmati ham Toshkent shahar bozorida – 1 kg. qo‘y go‘shti “Farhod” bozorida 43 ming so‘m. 

Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha 

Eng arzon tovuq go‘shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 ming so‘m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Farg‘ona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 19 ming so‘m. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 14-16 ming so‘mdan iste'molchilarga yetkazib berilmoqda.  

Guruch
4 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 

Respublika bozorlarida guruchni 4-13 ming so‘mgacha uchratish mumkin. "Qo‘yliq" dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming so‘m. Eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so‘m. "Qo‘yliq" dehqon bozoridagi 13 ming so‘mlik guruch ushbu bozorda 11 ming so‘mdan sotilmoqda. 

O‘simlik yog‘i
8000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o‘simlik yog‘i 8-12 ming so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Nukus hamda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorlarida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming so‘m.

Un
2500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha 


Eng arzon narx Qarshi shahri "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2500 so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozorda un 1500 so‘mdan sotilgan edi. Bu esa mazkur bozorda unning qimmatlashganini ko‘rsatmoqda. Eng qimmat narxlar esa Yangi shahar bozori (Andijon), Buxoro, Navoiy, Guliston shahar Markaziy dehqon bozorlari, shuningdek, poytaxt bozorlarida – 4 ming so‘m.

Shakar
4000 so‘mdan 5 200 so‘mgacha 

Eng qimmat narxlardagi shakar Yangi (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida – 1 kg. shakar 5 500 so‘m. Eng arzoni esa Buxoro, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy dehqon bozorlarida – 4 ming so‘m. 

Tuxum
300 so‘mdan 750 so‘mgacha 

Bu haftada ko‘plab bozorlardagi tuxum narxlari o‘rtacha 400-500 so‘mdan sotilmoqda. Eng arzon narx Navoiy shahri "Saxovat" MChJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida – 300 so‘m. Eng qimmat narx "Farhod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da 750 so‘mdan sotilmoqda. E'tiborlisi, ushbu bozorda tuxumni 300 so‘mdan ham xarid qilish mumkin. 

Kartoshka
700 so‘mdan 3000 so‘mgacha 

Guliston shahri Markaziy dehqon bozoridan 1 kg. kartoshkani 1500 so‘mdan 3000 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. O‘tgan haftadagi ushbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardagi kartoshka Qarshi shahri "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida – 700 so‘m!

Pomidor
2000 so‘mdan 7000 so‘mgacha 

Poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 so‘mdan 7000 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, "Qo‘yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 ming so‘mdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 so‘mdan xarid qilish mumkin. 

Mavzuga oid